O‘zbekistonda dizel yoqilg‘i qimmatlashdi

Yangi narxlar Vazirlar Mahkamasining 28-fevraldagi narxlar qishloq xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini keng joriy etish to‘g‘risidagi qarorida belgilangan
Sputnik

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 1-martdan boshlab dizel yoqilg‘isining yangi narxlari belgilandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori Lex.uz saytida joylashtirildi.

Zafarobodda “Yevro-5” standartida benzin ishlab chiqariladi

Hujjatda qayd etilishicha, 1-martdan boshlab 1 litr dizel yoqilg‘isi 4 ming 600 so‘m (12,1 %ga oshgan), EKO dizel yoqilg‘isining 1 litr uchun narxi esa 4 ming 700 so‘m etib belgilandi (11,9 %ga oshgan).

Yuqorida belgilangan narx bo‘yicha dizel yoqilg‘isini sotish to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ham avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalariga dizel yoqilg‘i barcha soliqlar bilan belgilangan yagona narx bo‘yicha yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, benzin va dizel yoqilg‘i narx oshishi o‘tgan yil noyabr oyida bo‘lgandi. O‘shanda benzin narxi 35-40% ga oshdi, dizel yoqilg‘i 50 % ortiq qimmatlashdi va 4100 so‘mga yetdi, EKO dizel yoqilg‘isi esa 4200 so‘mgacha ko‘tarilgandi.