AQSh razvedkasi: "ID" xavfi tufayli Rossiyaning Markaziy Osiyoda mavqeyi mustahkamlanadi

Koutsning fikriga ko‘ra, Xitoy ham garchi xavfsizlik va siyosat sohasida Moskva bilan ziddiyatga bormasa-da, ammo mintaqada ekspansiyani davom ettiradi
Sputnik

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. AQSh razvedka xizmati Afg‘onistondan keladigan "Islom davlati" terrorchilik guruhlari xavfi tufayli Rossiya Markaziy Osiyoda o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashini kutmoqda. Bu haqda Amerika razvedka xizmati direktori Deniyel Kouts bayonot qilgan, deb xabar berdi RIA Novosti.

Jarixin Rossiya Markaziy Osiyodan kutayotgan uch narsani sanab o‘tdi
"Rossiya Vashington bilan muloqotni qisqartirish va iqtisodiyot hamda xavfsizlik sohalarida Rossiyaning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash istagi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilariga bosim o‘tkazadi. Shu bilan birga Afg‘onistondagi "ID"ning jonlanib qolgani Moskvani bu mintaqada o‘z pozitsiyalarini kuchaytirishga majbur qiladi", — deyiladi Koutsning kongressga yo‘llagan yozma ko‘rsatmalarida.

"Davlat boshqaruvining yomonligi va iqtisodiyotning sustligi, ayniqsa, Rossiya yoki boshqa davlatlarga ishlashga boradigan Markaziy Osiyodagi aholining aksariyatida radikalizatsiya xatarini oshiradi. Bu ham Markaziy Osiyo, ham Rossiya, ham G‘arb uchun tahdid hisoblanadi", — deyiladi hujjatda.

Koutsning fikriga ko‘ra, Xitoy ham, garchi xavfsizlik va siyosat sohasida Moskva bilan ziddiyatga bormasa-da, ammo mintaqada ekspansiyani davom ettiradi.