Misrda narkotik savdosi bilan shug‘ullangan 12 kishi o‘limga mahkum etildi

Narkotiklar kontrabandasi bilan shug‘ullanuvchi 12 kishini o‘limga mahkum etish uchun Misr oliy muftiysi roziligini olishga to‘g‘ri kelgan
Sputnik

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Misrning Qizil dengiz provinsiyasi jinoiy sudi narkotiklar kontrabandasida aybdor deb topilgan 12 kishini o‘limga mahkum etish to‘g‘risida hukm chiqardiBu haqda  "al-Masri al-Yaum" portali xabar qilgan.

Oliy Majlis va Duma vakillari narkotiklarga qarshi kurashadi
Eng oliy jazoga mahkum etilganlarning orasida yetti nafar Misr fuqarosi, besh nafari esa yamanlikdir.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, "ayblanuvchilar Yamandan Misrning Al-Kuseyr portiga 113 kilogramm geroinni olib o‘tayotgan vaqtda politsiya tomonidan qo‘lga olingan".

Po dannim prokuraturi, "obvinennie bili poymani s polichnim pri kontrabande morem iz Yemena v yegipetskiy port El-Kuseyr 113 kilogramm geroina".

Narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga Misr oliy muftiysidan rozilik olinganidan keyin o‘lim jazosi hukmi chiqarilgan. Mahalliy qonunlarga ko‘ra, har qanday instansiyadagi fuqarolik sudlarining o‘lim haqidagi qarorlari aynan muftiy tomonidan tasdiqlanadi.