Qashqadaryoda ikki ayol chaqaloqni 3 mln so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi

Ular o‘g‘il bola chaqaloqni choyxonada 3 mln so‘mga sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olinganlar
Sputnik

TOShKENT, 6 mar – Sputnik. Qashqadaryo viloyatida ikki ayol bir haftalik chaqaloqni sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olinishdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan o‘zga xech kim, hech nima kerak emas edi

Xabarda aytilishicha, 4-mart kuni Qarshi tumani Dasht mahallasida yashovchi ikki ayol Nishon tumani Paxtakor MFYda yashovchi N.Q.ning dunyoga keltirgan o‘g‘il bola chaqalog‘ini Quyi Beshkent MFY hududida joylashgan choyxonada S.Bga 3 mln so‘mga sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olinganlar.

O‘tgan yil kuzida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari Toshkent viloyati Qibray tumanida bola sotish holatining oldini olishgandi. O‘shanda 1990-yilda tug‘ilgan ayol uch oylik o‘g‘lini 500 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlangandi.