Rio Tinto kompaniyasi yana O‘zbekistonda mis qidirish bilan shug‘ullanishi mumkin

O‘zbekiston investor sifatida mis qazib olish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun Rio Tinto kompaniyasiga tegishli hujjatlarni yubordi
Sputnik

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekiston Rio Tinto (Avstraliya-Britaniya) kompaniyasi bilan hamkorlikni tiklash bo‘yicha ish olib bormoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.

O‘zbekiston orqali tranzit yuklar olib o‘tish tartibi soddalashdi

2012 yilda ushbu kompaniyaga davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan Namangan viloyatida geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha 5-yil muddatga litsenziya berilgandi.

2015 yilda geologik qidiruv ishlarning birinchi bosqichi yakunlangan vaqtda dunyo narxlar konyukturasi yomonlashganligi tufayli kompaniya ushbu loyihani to‘xtatishga qaror qilgandi.

"Hozirgi vaqtda biz Rio Tinto kompaniyasi bilan hamkorlikni tiklash bo‘yicha ishlarni boshladik. Xususan, geologok qidiruv ishlarni amalga oshirish borasida yangi hujjatlar o‘rganib chiqish uchun yuborildi. Narxlar pasayganda o‘z harajatlarini qisqartirish maqsadida kompaniya O‘zbekistondan ketgandi", — deb ta’kidladi davlat geologiya qo‘mitasidagi vakil.

Shuningdek u hozirgi vaqtda vaziyat dunyo bozorida sezilarli darajada yaxshilanganligini ta’kidladi. Shu sababli kompaniyaga yangi obyektlar taklif qilinmoqda. TIV yo‘nalishi bo‘yicha yangi istiqboldagi loyihalar muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Konimex zamonaviy ekoturizm markaziga aylanadi

Hozirgi paytda O‘zbekistonda mis ishlab chiqaruvchi yagona korxona Olmaliq tog‘-matallurgiya kombinati hisoblanadi.

O‘tgan yili respublika mis, oltin, platina va boshqa metallarni geologik qidiruv ishlariga xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha dastur asosida ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda Janubiy Koreya va Xitoyning bir qator kompaniyalar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha memorandumlar imzolandi.

Shuningdek, Rossiyaning "Rosgeoperspektiva" kompaniya guruhi bilan kelishuvlar imzolandi. Ushbu kompaniya tomonidan mis va oltin qidirish ishlari Navoiy viloyatidagi Kazaxtau va Kazaxtau 1 istiqbolli maydonlarida amalga oshirilmoqda. Rossiyaliklar birinchi yilda bu ishlarga sal kam 3 million dollar sarflashni rejalashtirishgan.