TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonda bo‘libt o‘tgan sport kurashi bo‘yicha Osiyo chempionatida 15 medal sohibi bo‘ldi.
Turnirning 6 kunida 30 komplekt medallar o‘z egalarini topdi. Erkin kurash va Yunon-rum kurashlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda erkak va ayol sportchilar ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 7ta medal olib, jamoalar orasida birinchilikni qo‘lga kiritdi. Oltin medal — Ixtiyor Navruzov (70 kg), Magomed Ibragimov (97 kg) va Davit Modzmanashvili (125 kg)larga nasib qildi. Kumush medal — Maxmud Shavkatov (57 kg), Abbos Raxmonov (61 kg), Timur Usmonoxunov (65 kg) va Aziz Soliyev (92 kg).
Shu bilan bir vaqtda Yunon-rum kurashi bo‘yicha ham O‘zbekiston jamoasi 7ta medalni qo‘lga kiritdi va jamoalar orasida uchini o‘rinni egalladi. 63kg vazn toifasida Elmurad Tasmuradov ushbu sport turidan O‘zbekiston uchun yagona bo‘lgan oltin medalni olib keldi. Bu Elmurodning qit’a chempionatlarida erishgan 4-g‘alabasi bo‘ldi.