TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh hukumati 2016-yilgi saylovlarga "Rossiya aralashuvi" ishi yuzasidan rasmiy hujjat taqdim etishi lozim, deya ta’kidladi. Bu haqda u NBC telekanali boshlovchisi Megan Kelli bilan suhbatda aytgan.
U shuningdek, yaxshi oliy ta’lim olgan odamlar Rossiyada mamlakat qonunchiligini buzmagan shaxslar ta’qib ostiga olinmasligini tushunishlari kerakligini ta’kidlab o‘tgan.
"Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasiga rasmiy murojaat talab etiladi", degan Putin.
"Bu rasmiy kanallar bo‘yicha o‘tishi kerak, matbuot orqali yoki AQSh kongressidagi baqir-chaqirlar orqali ham emas", — deya alohida qayd etgan rossiyalik yetakchi.
Ilgariroq AQSh 13 nafar rossiyalikni va uch yuridik shaxsni mamlakatda 2016-yilda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari natijalariga ta’sir ko‘rsatishga urinishda ayblagan edi. Ammo bu shaxslarning aybini isbotlovchi qandaydir dalillar taqdim etilmagan. Moskva o‘ziga AQShdagi saylovlarga aralashish yuzasidan qo‘yilayotgan ayblovlarni bungacha ham ko‘plab marotaba inkor qilib, ularni mutlaqo asossiz deya atab kelgan.