Uzbek Tigersning navbatdagi jangi 23-mart kuni bo‘ladi

O‘zbekistonlik bokschilar 27-fevral kuni Cuba Domadores klubini 4:1 hisobida mag‘lub etgandi
Sputnik

TOShKENT, 2-mart — Sputnik. Uzbek Tigers jamoasi WSB musobaqasining VIII mavsum guruh bosqichi 3-turida Kolumbiyaning Colombia Heroicos bokschilarini 4:1 hisobida yengdi.

Bugun Uzbek Tigers kubalik bokschilar bilan kuch sinashadi

Toshkentdagi "Universal" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan boks kechasida Shunqor Abdurasulov Duvan Zuletani (60 kg), Mahmud G‘oipov Aleksander Rangelni (69 kg), Bektemir Meliqo‘ziyev Diyego Motoani (81 kg) va Bahodir Jalolov Kristian Salsedoni (+91 kg) taslim etdi.

Birgina Xudoynazar Fayzov Keybar Avilaga (52 kg) mag‘lub bo‘ldi.

Uzbek Tigers bokschilari 23-mart kuni yana bir bor Colombia Heroicos jamoasiga qarshi ringga chiqishadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik bokschilar 27-fevral kuni Cuba Domadores klubini 4:1 hisobida mag‘lub etgandi.