Toshkentda kafe tomi qulashi natijasida odamlar jarohatlandi

Voqea sodir bo‘lgan paytda kafeda 20 ga yaqin mijoz bo‘lgan
Sputnik

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Toshkentda “Tandir” kafesining tomi qulab tushdi, deb xabar berdi uznews.uz Yunusobod tumani IIBdagi manbasi xabariga asoslanib.

Hodisa oqibatida ikki nafar mijoz turli darajada tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Voqea sabablari aniqlanmoqda.

Avvalroq Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Qo‘chqor-Ota shahridagi kafeda tabiiy gaz portlashi oqibatida uch nafar o‘zbekistonlik jarohat olgandi.