O‘zbekistonda tabiiy vinolarni ishlab chiqarish bo‘yicha litsenziyalash bekor qilinadi

Shuningdek, 2018-yilning 1-aprelidan vinochilik mahsulotlari uchun yaroqlilik muddatini belgilash to‘g‘risidagi talab istisno etiladi va bunday mahsulot ishlab chiqaruvchilarga ularni saqlash muddatini mustaqil belgilash huquqi taqdim etiladi
Sputnik

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekiston hukumati 2019-yilning 1-yanvaridan o‘z uzumzor plantatsiyalarining xom ashyosidan ishlab chiqarilgan tabiiy uzum vinolarini qishloq xo‘jaligi mahsuloti toifasiga kiritgan holda, ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalashni bekor qilmoqda.

O‘zbekistondagi yirik spirt va aroq-vino kompaniyalari birlashtirildi
Bu haqda O‘zbekiston prezidentining "Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida aytilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2018-yilning 1-aprelidan vinochilik mahsulotlari uchun yaroqlilik muddatini belgilash to‘g‘risidagi talab istisno etiladi va bunday mahsulot ishlab chiqaruvchilarga ularni saqlash muddatini mustaqil belgilash huquqi taqdim etiladi.

2018 yilning 1-iyulidan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga o‘z vinochilik mahsulotlarini turistik yo‘nalishlarida tashkil etilgan zavodga tegishli degustatsiya hududlarida (joylarida) chakana realizatsiya qilish huquqi beriladi.

2019 yilning 1-yanvaridan tabiiy vinolar, vinomateriallar va konyak spirtini ishlab chiqarish, shuningdek, uzumni qayta ishlash bo‘yicha faoliyatni uzumning meva beruvchi texnik navlarini yetishtirish bo‘yicha 100 gektardan kam bo‘lmagan plantatsiya maydoniga, shuningdek, vino-konyak mahsulotlarining saqlanishi va yetilishi uchun eman bochkalariga ega korxonalar, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarga rioya qilgan holda, amalga oshirishlari mumkin.