O‘zbekiston fuqarolari YHXB xodimlaridan istalgan axborotni olishlari mumkin bo‘ladi

Shuningdek, Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Barat Hakimovich Mamenovga onlayn rejimda shaxsan murojaat etish mumkin bo‘ladi
Sputnik

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Endilikda fuqarolar o‘zini qiziqtirgan istalgan axborotni YHXB xodimlaridan olishlari mumkin, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.

YTH qurboni bo‘lgan 10 yashar qizaloq, Cobalt va Sparkni urgan Captiva
Xabarda aytilishicha, Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi o‘zining rasmiy veb-sayti (ubdd.uz), shuningdek, Telegram va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida o‘z sahifalarini ochadi. Endilikda fuqarolar o‘zini qiziqtirgan istalgan axborotni YHXB xodimlaridan olishi mumkin.

Shuningdek, Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Barat Hakimovich Mamenovga onlayn rejimda shaxsan murojaat etish mumkin bo‘ladi.

"Bundan tashqari, sahifamizga kelgan sizning barcha iltimoslaringiz, shikoyatlaringiz hamda murojaatlaringiz diqqat bilan tahlil qilinib, kerakli qarorlar qabul qilinadi", qo‘shimcha qilingan xabarda.