Rossiyada keksa ayolni yong‘indan saqlab qolgan O‘zbekiston fuqarosiga mukofotlar topshirildi

Samarqandlik Nuriddin Kirgizovga Umumrossiya ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar jamiyati, Pushkino tumani ma’muriyati hamda o‘t o‘chiruvchilar garnizoni rahbariyati nomidan mukofotlar topshirildi.
Sputnik

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekiston fuqarosi Nuriddin Kirgizovga Moskva viloyatida keksa ayolni yong‘indan qutqarib qolgani uchun Umumrossiya ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar jamiyatining "Knyaz Aleksandr Lvov" nomli medali, Moskva viloyati Pushkin tumani ma’muriyati nomidan faxriy yorliq hamda Pushkin tumani o‘t o‘chiruvchilar garnizoni rahbarining minnatdorlik xati topshirildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.

Moskvada yong‘indan odam qutqargan o‘zbekistonlik yigit og‘ir ahvolda

Kirgizovga mukofotlarni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, Pastdarg‘om tumani hokimiyati vakillari va shifokorlar topshirishdi.

2018 yilning 31-yanvar kuni Moskva viloyati, Pushkino tumani, Sofrino posolkasida joylashgan uylarning birida tunda kuchli yong‘in chiqadi. O‘sha qishloqda vaqtincha yashab ishlayotgan Samarqandlik Nuriddin Kirgizov ushbu yong‘inni ko‘rib yordamga shoshiladi. Yonayotgan uy ichida qolib ketgan keksa ayolni olib chiqish vaqtida uning o‘zi ham jiddiy jarohatlar oladi.

Ayni damda Nuriddin Kirgizov Samarqandda Respublika tez yordam ilmiy markazida davolanmoqda.

1 / 2
Kirgizov Nuriddin nagrajden za spasenie iz gorashego doma pojiloy jitelnisi v Moskovskoy oblasti
2 / 2
Kirgizov Nuriddin nagrajden za spasenie iz gorashego doma pojiloy jitelnisi v Moskovskoy oblasti