O‘zbekistonda xalqaro yoshlar oromgohi ochiladi

Termez shahrida Fidokorlar ko‘chasida joylagan bolalar oromgohi O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga shartnoma asosida tekin foydalanishga beriladi
Sputnik

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekistonda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli xalqaro festival va anjumanlarni o‘tkazish maqsadida Termezda Xalqaro yoshlar oromgohi tashkil etiladi, bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Ana bayram: o‘zbekistonliklar mart oyida sal kam ikki hafta dam olishadi

Qaror talablariga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga shartnoma asosida tekin foydalanishga Termez shahrida Fidokor ko‘chasidagi bolalar oromgohi berildi.

Oromgohda har yilgi yoz mavsumi davomida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etiladi.

Surxondaryo viloyati hokimligi oromgohning yil davomida faoliyat yuritishini sifatli tashkil etish maqsadida elektr energiya, tabiiy gaz, suv, kommunal-maishiy xizmatlarni uzluksiz ravishda ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

Bundan avval Toshkentda tadbirkorlik, turizm, ilm-fan, texnika hamda ta’lim sohalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan II O‘zbekiston-Rossiya xalqaro anjuman o‘tkazilgandi.