AQSh "yaqin 30 kun ichida" Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishga va’da berdi

RIA Novosti xalqaro axborot agentligi xabariga ko‘ra, hozirda Qo‘shma Shtatlar Qrimdagi vaziyat, Donbassdagi ahvol va saylovlarga "aralashganlik" tufayli Rossiyaga nisbatan qator sanksiyalarni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda yoxud ular qabul qilinib bo‘lingan
Sputnik

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. AQSh Moliya vaziri Stiven Mnuchin Rossiyaga qarshi yangi cheklov choralari 30 kun davomida kiritilishini ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

"Biz barcha mavjud sanksiyalarni bajaramiz va yangilarini kiritmoqdamiz", — degan vazir. Uning so‘zlarini Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Blumberg agentligi muxbiri Salexa Moxsin iqtibos keltirgan.

AQSh sanksiyalar ro‘yxatini yana kengaytirdi
Yanvar oyi oxirida, AQSh Moliq vazirligi tomonidan "Kreml dokladi" deb nom berilgan hujjat e’lon qilingan kunning ertasiga Mnuchin senat eshituvida ishtirok etgan. Yangi sanksiyalar kiritilishi haqidagi savolga javob bergan Mnuchin aniq sanalarni aytmagan va o‘z taxminlarida juda ehtiyotkor bo‘lishini, chunki "hali ko‘p ish qilinishi lozimligini" ta’kidlagan.

"Men sizlarga bu shu oy ichida sodir bo‘ladi, deya va’da berolmayman, lekin ishontirib aytamanki, biz buni imkonimiz boricha tez vaqtda, bir necha oy ichida — balki bir oy ichida amalga oshiramiz", — degan vazir.

Rossiyaga qarshi yanada qat’iy choralar haqidagi talabga javoban Mnuchin: "Sir emaski, biz hal qilishimiz lozim bo‘lgan masalalar mavjud, va biz ularni sanksiyalar yordamida hal qilmoqdamiz" degan.

Hozirda Qo‘shma Shtatlar Qrimdagi vaziyat, Donbassdagi ahvol va saylovlarga "aralashganlik" tufayli Rossiyaga nisbatan qator sanksiyalarni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda yoxud ular qabul qilinib bo‘lingan, deb yozgan RIA Novosti.