Mirziyoyev tashrifiga tayyorgarlikni shaxsan Rahmonning o‘zi nazorat qilmoqda

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochadi, dedi Tojikistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy
Sputnik

TOSh, 27 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifiga oid tashkiliy masalalar shaxsan prezidenti Imomali Rahmon nazoratiga olingan, dedi Tojikistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy O‘zAga bergan intervyusida. Bu haqda Sputnik Tojikiston yozmoqda.

Ikramov O‘zbekiston va Tojikiston taxminan necha million dollarlik shartnoma imzolashini aytdi

Imomiy Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochishini ta’kidladi.

Elchi ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi so‘nggi bir yilda 80 foiz oshganini va yaqin ikki yil ichida bu ko‘rsatkichni yiliga 500 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilayotganini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston prezidenti matbuot xizmati O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mart oyining birinchi o‘n kunligida Dushanbega davlat tashrifi bilan kelishini ma’lum qilgandi.

Davlat tashrifi davomida o‘nlab muhim hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.