TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Toshkent viloyati Angren shahrida o‘g‘rilar 15 million 508 ming so‘mlik mis kabellarni o‘g‘irlab ketishdi. Sodir etilgan jinoyat haqida O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, 2017-yil 15-avgustga o‘tar kechasi noma’lum shaxs "O‘zbek ko‘mir" AJ Temir yo‘l transporti filiali hududiga kirib, u yerdan umumiy qiymati 15 million 508 ming so‘mlik 319 metr mis kabellarni o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Angren shahar Jigariston mahallasida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan B.Boymuratov, 1996-yilda tug‘ilgan A.Karimov, 1992-yilda tug‘ilgan D.Nurboyev va "O‘zbek ko‘mir" AJ ishchisi, 1994-yilda tug‘ilgan N. Mirzakarimovlar sodir etganliklari aniqlangan.
Kabel o‘g‘rilarining barchasi qo‘lga olingan.