Kamilov: Afg‘oniston muammosini harbiy yo‘l bilan hal etib bo‘lmaydi

O‘zbekiston TIV rahbari Afg‘onistondagi inqirozni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan konferensiya qay tarzda o‘tishi haqida gapirdi, shu bilan birga u so‘nggi so‘zni aytish huquqi Afg‘onistonda qolishini ta’kidladi
Sputnik

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov "Rossiya segodnya" XAA muxbirining Toshkentda bahorda Afg‘oniston bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan anjumanda nimalar muhokama qilinishi va qaysi davlatlar kelishni rejalashtirayotgani haqidagi savolga javob berdi.

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onni Toshkentga Afg‘oniston bo‘yicha anjumanga taklif qildi
"Bu masalani biz Sergey Viktorovich (Lavrov) bilan Nyu-Yorkda, BMT Xavfsizlik Kengashining maxsus majlisi davomida muhokama qilishni boshlaganmiz. BMT O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning bu boradagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan edi. Biz bugun ham fikr almashishda davom etapmiz. Muhokamaga qo‘yiladigan asosiy masala — bu afg‘on mojarosini bartaraf etishning siyosiy yechimlarini topishdir", — dedi Abdulaziz Kamilov.

Siyosatchi bu masala shu paytgacha ko‘plab turli formatlar, guruhlar, kompozitsiyalar doirasida muhokama qilinganini qayd etib o‘tdi. Ayrim tafovutlarga qaramasdan, umuman olganda, barcha formatlarda gap bir xususda borgan. Chunki hamma bu muammoning harbiy yechimi yo‘qligini tushunishadi.

"Markaziy hukumat bilan muzokaralar stoli atrofiga to‘planib, oldindan shartlar qo‘ymasdan, dialogni boshlash vaqti keldi. Agar ikkala tomonning qandaydir savollari bo‘lsa, u holda, bu shunday dialoglar jarayonida muhokama etilishi mumkin. Dialogning boshlanishini xohlaymiz", — deb aniqlik kiritdi O‘zbekiston TIV rahbari.

Kamilovga ko‘ra, bu jarayon, muzokaralar formati, muzokaralar o‘tkaziladigan joy va vaqt Afg‘oniston tomon, afg‘on xalqi tomonidan belgilanishi kerak.

Kulakov: amerikaliklar Afg‘onistonda hech narsaga erisholmaydi
Tadbirga global darajada Rossiya, XXR, AQSh taklif etilgan. Regional darajada esa bu birinchi galda — Pokiston, Eron va Hindistondir. Shuningdek, Saudiya Arabistoni, BAA, va Turkiya ham taklifnomalarni qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlardan — BMT va Yevropa Ittifoqi ishtiroki kutilmoqda. Shuningdek, anjumanda ishtirok etish istagini bildirgan qator yevropa davlatlari ham bor — bular Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italiya.

Shubhasiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari ham bunda to‘liq ishtirok etishadi va bu Tashqi ishlar vazirlari darajasidagi uchrashuv bo‘ladi.