TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida avtobus ag‘anashi oqibatida O‘zbekistonning yetti nafar fuqarosi jarohatlandi, deb xabar qildi dushanba kuni RIA Novosti Qozog‘iston Ichki ishlar departamenti matbuot-xizmatiga tayangan holda.
Politsiya ma’luotlariga ko‘ra, YTH bir kun oldin Samara-Shimkent trassasida yuz bergan.
Janubiy-Qozog‘istondan bo‘lgan 35 yashar haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Mercedes avtobusi yo‘ldan chiqib ketgan va so‘ngra ag‘darilgan.
"YTH oqibatida avtobusning yetti nafar yo‘lovchisi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — turli darajadagi jarohatlar bilan Xromtau shahridagi markaziy tuman kasalxonasiga joylashtirilgan. Avtobus salonida 25 nafar yo‘lovchi bo‘lgan", — deyiladi matbuot-xizmati xabarida.