Jamshid Qo‘chqorov: o‘zbek kompaniyalari ham xalqaro moliya bozoriga chiqishini xohlaymiz

Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, yevrobondlarni chiqarish hajmi hozircha muhokama etilayapti va shu bo‘yicha qaror prezident tomonidan qabul qilinadi
Sputnik

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston joriy yilda ilk bor 200dan 300 million AQSh dollarigacha bo‘lgan summadagi yevroobligatsiyalarni sotishni rejalashtirayapti,  degan "Bloomberg" axborot agentligiga Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov. Bu haqda "Xalq so‘zi" xabar berdi.

Vazir Qo‘chqorov: 2018-yilda oyliklar pulning qadrsizlanishiga qarab ko‘tariladi
O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolagan AQShning "Citigroup Inc." kompaniyasi O‘zbekistonning suveren kredit reytingini yaratish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yevrobondlarni chiqarish hajmi hozircha muhokama etilayapti va shu bo‘yicha qaror prezident tomonidan qabul qilinadi.

"Biz o‘zbek kompaniyalari ham xalqaro moliya bozoriga chiqishini xohlaymiz. Bizning maqsad ularni zamonaviy korporatsiyalarga aylantirishdir", — deb ta’kidlagan Qo‘chqorov.