O‘zbekiston va Hindiston yangi qo‘shma korxonalarni tashkil qilishga kelishdi

Ishbilarmonlik uchrashuvi chog‘ida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha masalalar muhokama qilingan
Sputnik

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. 2018-yil 22-fevral kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Hindiston ishbilarmon doira vakillari xamda mahalliy tadbirkorlar ishtirokidagi O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumi o‘tkazildi, deyiladi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot-xizmati xabarida.

Andijonga Hindistondan investorlar keldi
Ta’kidlanishicha, tadbir ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish va kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash, yangi qo‘shma korxonalar sonini hamda ikki tomonlama mahsulot aylanmasini oshirish maqsadida o‘tkazilgan.

Ishbilarmonlik uchrashuvi chog‘ida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

"2017 yil yakunlari bo‘yicha tovar aylanmasi — 323,6 mln $ni tashkil etgan, xususan, eksport — 32,5 mln dollarni, import esa — 291,1 mln. dollarni tashkil etdi. Eksportning asosiy pozitsiyalari: qishloq xo‘jaligi, transport va turistik xizmatlar, o‘simlik sharbatlari va ekstrakti, teri xom ashyosi. Importning asosiy pozitsiyalari: farmatsevtika mahsulotlari, mexanika va elektr uskunalari, avtomobil ehtiyot qismlari, transport va turistik xizmatlar, kimyo mahsulotlari, va boshqalar", — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda Hindiston sarmoyasi ishtirokidagi 101 ta korxona faoliyat yuritib, ulardan 15 tasi Hindistoning 100 % kapitaliga ega.

O‘zbekiston Tashki savdo vazirligida 16 Hindiston kompaniyasining vakolatxonasi akkreditatsiyadan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiya vakillarining Hindistonga qilgan safari davomida tashkil qilingan biznes forum doirasida $70 mln. dollarga teng 20 investitsion loyihalar hamda $80 mln. dollarga teng 22 kontrakt shartnomalari imzolangan.