Davlat bojxona qo‘mitasida yangi tayinlov amalga oshirildi

O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq Aripov Jasur Alimovich Davlat bojxona qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
Sputnik

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekiston Davlat Bojxona qo‘mitasi Raisi birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raimov lavozimidan ozod etildi, deb xabar qildi DBQ rasmiy axborot kanali.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi ishdan olindi

Baxtiyor Raimov qo‘mitada Bojxona nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi, Bojxona tekshiruvlari va surishtiruvlari boshqarmasi va Huquqiy boshqarmalar faoliyatini nazorat qilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq Aripov Jasur Alimovich Davlat bojxona qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jasur Aripov ilgari Majburiy ijro burosi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 13-fevral kuni O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Muidjon Tohiriy ishdan olinib, uning o‘rniga Bosh prokuror o‘rinbosari, general-mayor Murotjon Berdialiyevich Azimov tayinlangandi.