Toshkentda aprel oyida ShHT mintaqaviy aksilterror kengash yig‘ilishi o‘tkaziladi

ShHT — xalqaro mintaqaviy tashkilot bo‘lib, 2001-yilda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan tashkil etilgan
Sputnik

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Toshkentda aprel oyida ShHT mintaqaviy aksilterror kengash yig‘ilishi o‘tkaziladi, deb xabar qildi ushbu kengash matbuot xizmati.

AQSh davlat departamentining yirik amaldori O‘zbekistonga keladi

Xabarda aytilishicha, Nyu-Delida fevral oyi boshlarida Qirg‘iziston raisligida ShHTga a’zo davlatlarining vakolatli idoralar ekspertlari ishtirokidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Yig‘ilish davomida Toshkentda 2018-yil aprel oyida ShHT mintaqaviy aksilterror kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi", — deyilgan xabarda.

ShHT mintaqaviy aksilterror kengashining ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev Hindistonga amalga oshirilgan tashrif davomida Hindiston milliy xavfsizlik kengashi kotibi Rajinder Xann va Tashqi ishlar vaziri Mobashar Javad Akbar bilan uchrashdi.