"Korrupsiyani idrok etish indeksi": O‘zbekiston nechanchi o‘rinda

Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti mamlakatlardagi korrupsiya darajasini baholash bo‘yicha hisobotini e’lon qildi
Sputnik

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti mamlakatlardagi korrupsiya darajasini baholash bo‘yicha tadqiqoti natijalarini e’lon qildi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Korrupsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ro‘yxatning shunchalik quyi o‘rniga joylashtirildi.

Korrupsiyaga qarshi komissiyaga bosh prokuror boshchilik qiladi

2017 yil natijalariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston ro‘yxatning eng yuqorisidan joy egalladi — 122-o‘rin (31 ball).

Qirg‘iziston Rossiya bilan bir xil – 135-o‘rinda joylashdi (29 ball).

O‘zbekiston 22 ball bilan 157-o‘rindan, Tojikiston esa 21 ball bilan 161-o‘rindan joy oldi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida oxirgi o‘rinni Turkmaniston egalladi – 167-o‘rin (19 ball).

Reytingda birinchi o‘rinni Yangi Zelandiya (89 ball), ikkinchi o‘rinni Daniya (88 ball), uchinchi o‘rinni Finlyandiya, Shveysariya va Norvegiya egalladi (85 baldan).

Reytingni Suriya (14 ball), Janubiy Sudan (12 ball) va Somali (9 ball) yakunlab beradi.

Mamlakatlar 0dan 100gacha ball bilan baholanadi. Korrupsiya darajasi qanchalik past bo‘lsa, ball shunchalik yuqori bo‘ladi.