Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti o‘tkaziladi, YeI buni olqishladi

Yevropa Ittifoqi vakili Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari hech qanday sheriklarsiz o‘zaro gaplashib olishlari tarafdori ekanini ma’lum qildi
Sputnik

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Peter Burian Ostonada Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari sammiti o‘tkazilishini olqishladi, u uchrashuvda mintaqadagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinishiga umid bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Moskva "Islom davlati" Markaziy Osiyoga hujum qilmoqchi, deya ogohlantirdi
"Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari, shu yerda, Ostonada uchrashishadi. Agar yanglishmasam, uchrashuv tez orada, mart oyida bo‘lib o‘tadi. Ular mintaqadagi hamkorlikni kuchaytirish va mintaqada mavjud tahdidlarga doir masalalarni muhokama qiladilar", — dedi Burian "Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo munosabatlarining 25-yilligi: o‘tmishdan kelajak sari" mavzuyidagi konferensiyaning ochilish marosimida.

Burian integratsiya va hamkorlik juda muhim omillardan biri ekanligini ta’kidladi va "Markaziy Osiyodagi ijobiy o‘zgarishlar shamolini" olqishladi.

"Biz bu turdagi qarorlarni olqishlaymiz. Biz istardikki, ularning barchasi bir stol atrofiga yig‘ilib, hech qanday hamkorlarsiz ustuvor masalalarni birgalikda muhokama etishsa, va ehtimol, oldinda turgan chaqiriqlarni yengib o‘tish uchun o‘zlarining shaxsiy mintaqaviy strategiyalarini rivojlantirishlari mumkin edi", — dedi u.

2017 yilning noyabrida Qozog‘iston TIV rahbari Kayrat Abrahmanov Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining norasmiy maslahatlashuvi 2018-yilning mart oyida, mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligida o‘tkazilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar qilgan edi.