Ikramov O‘zbekiston va Tojikiston taxminan necha million dollarlik shartnoma imzolashini aytdi

Predsedatel Torgovo-promishlennoy palati Uzbekistana Adxam Ikramov
O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga rasmiy tashrifi davomida ikki mamlakat o‘rtasida qator eksport-import shartnomalari imzolanishi kutilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshqa davlatlardagi hamkasblar bilan hamkorlik uchun har yili yangi yo‘l xaritasini tayyorlaydi, dedi Sputnik O‘zbekiston radiosiga bergan intervyusida O‘zbekiston SSP raisi Adham Ikramov.

Predsedatel TPP RUz Adxam Ikramov
Ikramov: O‘zbekistonda investitsiyalar uchun to‘siqlar yo‘q qilingan
"Biz O‘zbekiston-Tojikiston ishbilarmonlar kengashini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdik. Ayni vaqtda investitsiya paketlariga egamiz. Bizning tomondan va Tojikiston tomonidan bu taxminan 15-20 million dollarni tashkil etadi, O‘zbekiston prezidentining Dushanbega tashrifi doirasida ushbu eksport-import shartnomalarini imzolashni rejalashtirmoqdamiz", — deb ta’kidladi O‘zbekiston SSP raisi.

Ikramovning aytishicha, tashkil etilayotgan kengashda har bir tomondan 15 nafardan vakil bo‘ladi. Ular amaldorlar, biznesmenlar va ikki mamlakat Savdo-sanoat palatasi vakillari bo‘lishi aytilmoqda.

Ushbu yangi guruhning birinchi majlisi tez vaqtda bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi esa joriy yil mart oyiga rejalashtirilgan.