Toshkentdagi hujum: bosqinchilar elektroshoker va pnevmatik to‘pponchadan foydalanishdi

Ayni vaqtda bosqinchilar qo‘lga olingan
Sputnik

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati 2018-yil 13-yanvar kuni uch nafar noma’lum shaxslar Muqimiy ko‘chasida to‘xtab turgan "PREMIUM COMMUNICATIONS" MChJga tegishli "Lasetti" rusumli avtomashinaga hujum qilganliklari haqida xabar qildi.

O‘zbekiston janubida YTHda to‘rt kishi halok bo‘ldi
Ta’kidlanishicha, bosqinchilar avtomashina ichida bo‘lgan fuqarolar — S.Shoyunusov va Ya.Yahoyevlarning turli joylariga urib tan jarohati yetkazib, pichoq va pnevmatik pistolet bilan qo‘rqitishgan.

Bosqinchilar Shoyunusovni elektroshoker bilan urib, falaj holatga keltirishgan, unga tegishli 15 mln. so‘m hamda Ya.Yahoyevga tegishli 8 mln. so‘m pullarni olib, voqea joyidan yashirinishgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Olmazor tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1984-yilda tug‘ilgan U.Samadov sodir etganligi aniqlangan va u qo‘lga olingan. Bosqinchining sheriklarini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.