Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II Muhammad payg‘ambarning avlodi - OAV

Tarixchilar Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ni so‘nggi payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning avlodi, deb ko‘rsatishmoqda
Sputnik

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Tarixchilar manbalar va Buyuk Britaniya qirollik shajarasini o‘rganib chiqishdi, deb xabar qilmoqda "Qalampir" nashri "observer.news"ga tayangan holda.

Aytilishicha, tarixchilar Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ni so‘nggi payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning avlodi, deb ko‘rsatishmoqda.

Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i qirollik majburiyatlaridan voz kechadi
1986 yilda dunyodagi mashhur "Burke's Peerage" geneologik tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Yelizaveta II Muhammad (s.a.v.)ning avlodi, xususan, shajara bo‘yicha, 43-avlodi hisoblanadi.

Unga ko‘ra, qirolicha Muhammad (s.a.v.)ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi ekani aniqlandi. tashkilot 190-yildan ortiq davrni o‘rganib, qirolicha Muhammad (s.a.v.)ning 43-avlodi ekanini ta’kidladi. 

Ta’kidlanishicha, qirolicha payg‘ambarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qondosh avlodi bo‘lishi britaniyaliklar uchun qisman ma’lum bo‘lib, hatto boshqa islom davlatlarining rahbarlari ushbu faktdan faxrlanadilar.

Tadqiqot natijasida Britaniya qirollik oilasi va Muhammad (s.a.v.)ning geneologik tomonlari bir xil ekanligi, ya’ni har bir avlodda hukumronlik qilish qobiliyati mavjudligi ma’lum qilindi.

Ko‘pgina tarixchilar bu borada etiroz bildirishgan, ammo keltirilgan faktlar va geneologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, tadqiqot markazi ushbu qondoshlik Ispaniyani boshqargan Sevilyadagi arab podshohligi davriga borib taqaladi. So‘ng ularning qoni Portugaliya va Kastiliya qirolliklari orqali Angliyaning XV asrdagi qiroli Eduard IV qoniga qo‘shilgan.

Bu quyidagicha tahlil qilingan:

Muhammad payg‘ambar haqidagi film uchun Afrikadan fil keltirildi
Muhammad (s.a.v.) vafot etganidan so‘ng hokimiyatga ummaviylar sulolasi keladi va bu sulola juda katta hudud, Kavkazdan Portugaliyagacha bo‘lgan hududni nazorat qilgan.

Musulmon Ibera davlati markazi 756-yildan 929-yilgacha hozirgi Ispaniya hududidagi Kordova shahri bo‘lgan.

O‘sha davrda Kordova fan, madaniyat va ma’rifat borasida musulmon, yahudiy va nasroniylarning markaziy shahri bo‘lgan.

Ummaviylar abbosiylarning inqilobi natijasida hokimiyatdan ketadi. Abbosiylar sulolasiga Muhammad (s.a.v.)ning qizi Fotima zurriyodi bo‘lgan Abul Qosim Muhammad ibn Abbod tomonidan asos solinadi.

Abul Qosim musulmon Ispaniyasi hududi bo‘lgan Seviliyani vafotiga qadar, 1042-yilgacha boshqargan.

Undan keyin ikki me’rosxo‘r hokimiyatga keladi. Ulardan keyin esa 1071-yilda Abul Qosimning nevarasi Muhammad al-Muta’mid Kordovani idora qila boshlaydi. U oxirgi abbosiy hukmdor edi.

Moskva musulmonlari Muhammad payg‘ambarning tug‘ilgan kunini nishonlashadi
Abul Qosimning Zaida ismli qizi bor edi. U abbosiylarni ta’qib qilgan Ispaniya va Leon qiroli Alfonso VI ning sud hukmidan qochib yurgan. 

Lekin qirol Zaidani topadi va uni cho‘qintirib xristianlikning katolik mazhabiga o‘tkazadi. Shuningdek, unga uylanadi va ulardan uch nafar me’rosxo‘r dunyoga keladi.

Ikki asr o‘tgach, yani 1352-yilda Zaidaning avlodlari Angliya qiroli Eduard III ning o‘g‘illariga turmushga chiqadi.

Shu tariqa shajara qirolicha Yelizaveta II ni Muhammad (s.a.v)ning avlodi ekanligini ko‘rsatadi.