Malashenko: yuz millionlab musulmonlar islom sivilizatsiyasi yaratilishiga ishonishadi

Chlen nauchnogo soveta Moskovskogo sentra Karnegi Aleksey Malashenko
Hech qanday islom davlati bo‘lishi mumkin emas, buning barchasi utopiya, deydi ishonch bilan siyosatshunos Aleksey Malashenko
Sputnik

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Millionlab musulmonlar shariat qoidalari asosida ish yuritadigan davlatni tashkil etish mumkin, degan utopiyaga ishonishadi, deb ta’kidladi Sputnik Tojikiston radiosi efirida islomshunos-siyosatchi Aleksey Malashenko.

O‘zbekistonda masjidlar va qabristonlar rekonstruksiya qilinadi
"Islom davlatini tashkil etish — buning barchasi utopiya, kommunizm, sotsializm singari go‘zal bir utopiya", — deb qayd etdi siyosatshunos.

"Ammo yuz millionlab musulmonlar bu g‘oyaga ishonishadi va bu bilan hisoblashish zarur", — deb ta’kidladi u.

Ekspert, shuningdek, musulmon aholining 40%dan 60%gacha miqdori shariat — ijtimoiy tenglik, qashshoqlarga yordam va adolatli hukumat tarafdori ekanligini qo‘shimcha qildi va buning hech yomon tomoni yo‘qligini ta’kidladi.