Mirziyoyev va Rahmon qanday hujjatlarni imzolashadi

O‘zbekiston tomonidan ikki davlat biznes tuzilmalari munosabatini rivojlantirishga yo‘naltiriladigan 100 million dollar miqdoridagi imtiyozli kredit taqdim etilishi haqidagi hujjatning imzolanishiga ham katta e’tibor qaratilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rejalashtirilgan tashrifi yakunlari bo‘yicha 20dan ortiq hujjat imzolanishi ko‘zda tutilgan, deb xabar berdi Tojik TA Tojikiston hukumatidagi manbaga tayanib.

O‘zbekiston Tojikistonga olib boruvchi ilgari buzib tashlangan temir yo‘lni tiklamoqda

"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyining birinchi dekadasida Tojikistonga amalga oshirishi rejalashtirilgan ilk davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha 20dan ortiq davlatlararo va hukumatlararo kelishuvlar imzolanishi ko‘zda tutilmoqda", — dedi manba.

Ikki mamlakat fuqarolarining Tojikiston va O‘zbekiston hududida bir oygacha vizasiz yurishlari hamda davlat chegarasining bahsli qismlari borasidagi masalaga chek qo‘yuvchi ikki davlat chegaralarini demarkatsiya va delimitatsiya qilish haqidagi kelishuvlarni ular orasida eng ahamiyatlilari deb atash mumkin.

Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan ikki davlat biznes tuzilmalari munosabatini rivojlantirishga yo‘naltiriladigan 100 million dollar miqdoridagi imtiyozli kredit taqdim etilishi haqidagi hujjatning imzolanishiga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, transport, kommunikatsiya, O‘zbekiston tomonidan Tojikistonda bir maktab va kasalxona qurilishining moliyalashtirilishiga oid kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi doirasida Tojikiston va O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining biznes-forumi o‘tkaziladi.

Unda tojik va o‘zbek biznesining yetakchi vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir davomida yirik shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar almashish hajmi 2017-yilda 126 million dollarni tashkil etdi, jumladan, O‘zbekistondan 69 million dollarlik mahsulot import qilingan bo‘lsa, 57 million dollarlik mahsulot O‘zbekistonga eksport qilindi.