Qadimiy Buxoro osmonida ilk bor havo shari uchirildi

Yangi loyiha turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi hamda bir qator tijorat banklar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 20 fev — Sputnik.Buxoro osmonida ilk bor havo shari uchirildi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati. 

Xabarda aytilishicha, bu yangi loyiha turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi hamda bir qator tijorat banklar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Levitiruyushiy dervish v Buxare

Bu loyiha doirasida yana qo‘shimcha 4 dona havo sharlarini sotib olish nazarda tutilgan. Ular O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlarni jalb qilish uchun foydalaniladi.

Ayni paytda osmonga ko‘tarilgan aerostat shaharga tashrif buyurgan sayyohlarga oddiy yer sathidan 100 metr balandlikda ko‘rinadigan qadimgi Buxoro go‘zalligini tomosha qilish imkoniyatini beradi.

Balandlikdan ajoyib kadrlarni tasvirga olish imkoniyati bor.