O‘zbekiston chaqaloqlar o‘limi pastligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinda

Chaqaloqlar o‘limi eng past bo‘lgan davlat esa Yaponiya
Sputnik

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekiston chaqaloqlar o‘limi ko‘rsatkichi bo‘yicha 184 mamlakat ichida 71-o‘rinni oldi. Bu haqda YuNISEFning 2016-yil yakunlari bo‘yicha hisobotida ma’lum qilindi. Chaqaloqlar o‘limi qanchalik kam bo‘lsa, reytingdagi mamlakat shuncha quyida joylashdi.

Toshkentda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum bo‘ldi

YuNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, reytingda 1-o‘rinda Pokiston joylashdi. Bu mamlakatda dunyoga kelgan har 1000 chaqaloqdan 45,6 nafari, boshqacha aytganda har 22 chaqaloqdan biri vafot etadi.

O‘zbekistonda 1000 chaqaloqqa o‘rtacha 13,8 o‘lim holati to‘g‘ri keladi, ya’ni 72 chaqaloqdan bittasi vafot etadi. Qirg‘izistonda ming chaqaloqqa 11,6 o‘lim holati to‘g‘ri keladi – 86 chaqaloqdan bittasi vafot etadi.

Tojikistonda bu ko‘rsatkich 1000ga 19,9, Turkmanistonda esa 22,3.

Chaqaloqlar o‘limi eng past bo‘lgan davlat esa Yaponiya. Bu yerda 1111 chaqaloqqa 1 o‘lim holati to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rindagi Islandiyada ming chaqaloqdan bir nafari vafot etadi.

Hisobotda bildirilishicha, keltirilgan raqamlar o‘zgarishi ham mumkin.