Toshkent teleminorasida tasvirga olishga ruxsat berildi

Endi teleminoraga tashrif buyurayotgan sayyohlar o‘zlari bilan tomosha maydonchasiga va restoranga telefon, planshet, noutbuk va fotoapparat qurilmalarini olib kirishlari mumkin bo‘ldi. Suratga tushganlik uchun pul talab qilinmaydi
Sputnik

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Toshkent teleminorasiga tashrif buyuruvchi sayyohlarga teleminoraning foyesida, 100-110 metr balandlikda joylashgan tomosha maydonchasi va "Koinot" restoranida foto va video olishga ruxsat berildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot-xizmati.

O‘zbekistonda foto va videosyemkalarni ta’qiqlovchi yangi belgi paydo bo‘ladi
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 6-fevralidagi "Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Toshkent teleminorasiga tashrif buyuruvchi sayyohlarga teleminoraning foyesida, 100-110 metr balandlikda joylashgan tomosha maydonchasi va "Koinot" restoranida foto va video olishga ruxsat berildi", — deyiladi xabarda.

Endi teleminoraga tashrif buyurayotgan sayyohlar o‘zlari bilan tomosha maydonchasiga va restoranga telefon, planshet, noutbuk va fotoapparat qurilmalarini olib kirishlari mumkin bo‘ldi. Suratga tushganlik uchun pul talab qilinmaydi.

Aytish joizki, Toshkent teleminorasi 1991-yilda Ulkan Minoralar Federatsiyasi tarkibiga kirgan va balandligi bo‘yicha jahonda 11-o‘rinda turadi. 375 metrlik bu inshoot Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent metropolitenida ham foto va videosyomkalarni amalga oshirish mumkinligi haqida xabar bergan edik.