Rossiya O‘zbekistonni MDH yoshlar masalalari bo‘yicha kengash tarkibiga chaqirmoqda

Kengash davlat yoshlar siyosatini ikki tomonlama va ko‘p tomonlama loyihalarni davlat organlari va ijtimoyi uyushmalari hamkorlikda amalga oshirish hamda birgalikda kadrlarni tayyorlash singari yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi
Sputnik

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonga MDH yoshlar masalalari bo‘yicha kengash tartibiga kirishni taklif qilmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Ekpert Martinov AQSh qay tarzda MDH mamlakatlari ishiga aralashayotgani haqida

Bu tashabbusni Toshkentda bo‘lgan II O‘zbekiston-Rossiya yoshlar forumida Yoshlar siyosati va xalqaro aloqalar instituti direktor o‘rinbosari Dmitriy Bunkin ilgari surdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda O‘zbekiston ushbu kengashga a’zo emas. Biroq kengash tegishli qaror qabul qilinsa, respublika shu yilda uning tarkibiga kiradi.

"Hozirgi vaqtda MDH davlatlari xalqaro yoshlar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha strategiyani ishlab chiqish va imzolash bo‘yicha yangi ishlar boshlanmoqda. Biz O‘zbekiston ushbu guruhga a’zo bo‘lib kirishini juda istardik. Respublika bu borada ish olib borib, keyinchalik MDH yoshlar masalalar bo‘yicha kengash tarkibiga kiradi", — deb ta’kidladi Bunkin agentlikka.

Bunkin so‘zlariga ko‘ra, kengash axborot almashinuvi uchun juda qulay maydondir. Kengash 14-yil davomida faoliyati ko‘rsatayotmoqda. Uning doirasida bir qator xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda.Eng yirik loyiha hozirgi vaqtda Belarus tashabbusi bilan kiritilgan MDH davlatlari uchun xalqaro tanlovdir. Tanlov mintaqaviy va milliy bosqichlarda o‘tkaziladi.

Markov: O‘zbekiston - Rossiyaning uglevodorod qazib olish bo‘yicha yetakchi hamkori

"Eng iqtidorli yoshlar o‘z loyihalari bilan ishtirok etish va xalqaro maydonda ularni himoya qilish imkoniyatiga ega. Bu tegishli ko‘mak olish va loyihalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha sheriklarni topish imkoniyatini qo‘lga kiritish mumkin", — deb ta’kidladi suhbatdosh.

Bundan tashqari, bir qator loyihalar ta’lim sohasi bilan bog‘liq, masalan, malaka oshirish bo‘yicha ta’lim loyihalari amalga oshirilmoqda. Boshqa loyihalar esa yoshlar anjumanlarini tashkil qilish bilan bog‘liq, ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Kengash davlat yoshlar siyosatini ikki tomonlama va ko‘p tomonlama loyihalarni davlat organlari va ijtimoyi uyushmalari hamkorlikda amalga oshirish hamda birgalikda kadrlarni tayyorlash singari yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.