O‘zbekistonda avtomobillarni ijaraga berish xizmati yo‘lga qo‘yilmoqda

Avtomobilni notarial rasmiylashtiruvisiz 30 kungacha ijaraga olish mumkin. Bu xizmat turi Toshkent, Buxoro Samarqand, Xorazm shaharlarida tajriba sifatida yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekistonning 4 ta sayyohlik shaharlarida avtomobillarni qisqa muddatli ijaraga olish xizmati yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Buxoroda elektromobillar ishga tushdi

Respublikada bu xizmat Rent-Car nomini oldi. Mazkur xizmat turi ilk bor Toshkent, Buxoro Samarqand, Xorazm tajriba sifatida yo‘lga qo‘yiladi.

"Avtomobillar ijarasi muayan muddatga (bir necha soatdan bir necha oygacha) haydovchisiz avtomobilni berishni ko‘zda tutadi. Ijarani rasmiylashtirish uchun pasportdan tashqari xalqaro namunadagi haydovchilik guvohnomasi ham kerak bo‘ladi", — deb ta’kidlashdi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida.

Bugungi kunda O‘zbekistonda turizm salohiyatini rivojlashtirish, chet el sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha katta ahamiyatli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2018-yil 10-fevraldan boshlab 7 ta (Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya, Yaponiya) davlat fuqarolariga 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etildi, shuningdek 39 ta davlat fuqarolari uchun tartib soddalashtirildi.