TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Hodisa 17-fevral kuni Samarqand shahrida yuz berdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
"Soat 16.30larda Motrid mahallasida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan fuqaro R.Kubayev uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i, 1983-yilda tug‘ilgan D.Umarovaning bo‘yin va ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan", — deyiladi xabarda.
Natijada D.Umarova voqea joyida vafot etgan.
Tezkor guruh xodimlari R.Kubayevni qo‘lga olganlar.
Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.