O‘zbekiston IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

IIV huzuridagi tergov departamenti, Jizzax viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani IIBlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Sputnik

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar berdi Uznews.uz "Postda" gazetasiga tayanib.

Mirziyoyev qarori bilan IIV tizimiga yangi lavozimlar kiritildi

Podpolkovnik Bobomurodov Ibrohim Jo‘rayevich IIV huzuridagi tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Podpolkovnik Ahmedov Sharof Abdullayevich Jizzax viloyati IIB qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Bundan tashqari, podpolkovnik Kamolov Qahramon Axmatovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani IIB boshlig‘i etib tayinlandi.