UzAirways bahor-yoz mavsumida parvozlar sonini ko‘paytiradi

Bugungi kunda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Yevropa va Osiyoning 40 dan ziyod shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda
Sputnik

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi bahor-yoz mavsumida yangi yo‘nalishlar ochish bilan bir qatorda amalga oshirilayotgan parvozlar sonini ham ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

"O‘zbekiston havo yo‘llari"ga chiptalarni tannarxidan past narxda sotish huquqi berildi

MAK matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 24-mayidan boshlab, aviakompaniya haftasiga bir marta Barselonaga (Ispaniya) parvozlarni bajarishni boshlaydi. Shuningdek, bahor-yoz jadvalida Mumbayga (Hindiston) ham muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Aviakompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan qatnovlar soni ham ortadi. Nyu-Yorkka parvozlar haftasiga uch marta, Istanbulga 10-marta, Seulga 4-marta va Novosibirskka uch marta bajariladi.

Bugungi kunda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Yevropa va Osiyoning 40 dan ziyod shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.