O‘zbekiston Qirg‘izistonga "tez yordam" mashinalari sovg‘a qildi

"Tez yordam" mashinalari ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va ahillikni mustahkamlash maqsadida tuhfa qilingan
Sputnik

TOShKENT, 15 fev – Sputnik. Farg‘ona viloyati tomonidan Qirg‘izistonning Botken viloyatiga ikkita "tez yordam" mashinasi sovg‘a qilindi. Bu haqda uznews.uz xabar qilmoqda.

O‘zbek-qirg‘iz banklari o‘zaro savdo operatsiyalarini moliyalashtiradi

Xabarda aytilishicha, "tez yordam" mashinalari ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va ahillikni mustahkamlash maqsadida tuhfa qilingan.

Mashinalardan biri Botken shahri aholisi uchun, ikkinchisi esa Qadamjoy tumanidagi Jani-Jer qishlog‘idagi umumiy shifokorlar amaliyot markazi uchun xizmat qiladigan bo‘ldi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar tobora rivojlanib va mustahkamlanib bormoqda. O‘tgan bir yarim yil davomida ikki davlat rahbarlari va rasmiy doiralari vakillari bir necha bor uchrashdi, O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari amalga oshirildi.

Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida avtobus va aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda qo‘shma korxonalar tashkil etish va chegaralar borasida kelishuvlarga erishildi.