Mirziyoyev Trampga maktabdagi fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi

AQShdagi maktablardan birida 19 yoshli yigit 17 kishini otib o‘ldirdi
Sputnik

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampga Florida shtatining Marjori Stounmen Duglas shahrida ro‘y bergan shafqatsiz jinoyat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

AQShda maktabdan haydalgan o‘quvchi 17 kishini otib o‘ldirdi

O‘z xatida Shavkat Mirziyoyev halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini izhor etdi, deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni Marjory Stoneman Douglas High School maktabida dars tugashiga 10 daqiqa qolganda yong‘in trevogasi e’lon qilingan. So‘ng o‘q ovozlari eshitilgan.

Florida shtati senatori Bill Nilsen so‘zlariga ko‘ra, o‘q otgan shaxs gazga qarshi niqobda bo‘lib, yonida tutun granatalari bo‘lgan.

"Bolalar koridorga chiqishi va ular ko‘pchilik bo‘lib yig‘ilganida o‘q uzish uchun u yong‘in trevoga signalini yoqqan", — deb ta’kidladi senator.

Sherif so‘zlariga ko‘ra, otishma sodir etgan yigit intizomi tufayli maktabdan haydalgan, hozirda u politsiya tomonidan so‘roq qilinmoqda.