Toshkentdagi profilaktika inspektorlariga shaxslarni o‘rganish vazifasi yuklatildi

Toshkent ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari zimmasiga yangi vazifalar yuklandi
Sputnik

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Toshkentdagi profilaktika inspektorlari biriktirilgan hududdagi shaxslarni o‘rganadilar, deyiladi Hukumat portalida e’lon qilingan O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan yangi Qarorda.

Ichki ishlar bo‘limlari rahbarlariga mustaqil qaror qabul qilish huquqi berildi
Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahri ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari zimmasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vazifalar bilan bir qatorda, yangi vazifalar yuklatilishi nazarda tutilgan.

Xususan, profilaktika inspektorlari endilikda biriktirilgan hududda istiqomat qiluvchi shaxslarni o‘rganish va kelgusida ularning har biriga g‘ayriijtimoiy yoki boshqa huquqqa xilof xulq-atvor ehtimoli nuqtayi nazaridan individual tashxis qo‘yish hamda profilaktik ahamiyatga ega ta’sirchan choralarni ko‘rish huquqiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, mahallada kriminogen vaziyatni yaxshilashning eng muhim omili sifatida biriktirilgan hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish va aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashga yo‘naltirilgan choralarni amalga oshiradilar.