Krganov: Rossiya musulmonlari O‘zbekistonni o‘zlari uchun qaytadan kashf qilishlari lozim

Moskva musulmonlar diniy boshqarmasi muftiysi Albir Krganov rossiyalik fuqarolar o‘rtasida Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonga ziyorat turizmiga qiziqish ortayotgani haqida gapirdi. Unga ko‘ra, respublikada Rossiya va butun jahon musulmonlari tomonidan doimo qadrlanib kelgan eng boy ma’naviy va madaniy an’analar saqlanib qolgan
Sputnik

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Rossiya musulmonlari O‘zbekistonni o‘zlari uchun qaytadan kashf qilishlari lozim, deb ta’kidladi Moskva musulmonlar diniy boshqarmasi muftiysi Albir Krganov.

Mirziyoyev yopiq eshiklar ortida saqlanayotgan noyob boyliklar haqida gapirdi
"Biz, butun dunyodagi ikki milliardga yaqin musulmonlar uchun eng obro‘li va yuksak hurmatga sazovor olimlar va teologlar aynan O‘rta Osiyoda, hozirgi O‘zbekiston hududida dafn etilganlar. Inqilobgacha bo‘lgan Rossiyadan sayohatchilarning aksariyati muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishgan. Sovet davrida bu an’ana to‘xtab qolgan, ammo hozir qaytadan tiklanmoqda, va biz bunga yordam berishimiz lozim", — deb ta’kidlagan Krganov.

Muftiy shuningdek, o‘zbek hukumatiga va mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ziyoratchilar va mehmonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya musulmonlarini O‘zbekistonning madaniy merosiga faolroq oshno bo‘lishga chorladi.

"MDH davlatlaridan bo‘lgan musulmonlar uchun Rossiyada tomosha qiladigan narsalar ko‘p — bu Kavkaz, Boshqirdiston, Tatarston, Volga bo‘yi va boshqa regionlardir, lekin rossiyaliklar uchun ham O‘zbekistondagi madaniy va me’morchilik obidalari, shuningdek, diniy ulamolar mehnatlari qiziqarli bo‘ladi. Bizning fuqarolarimiz O‘zbekiston va O‘rta Osiyoni o‘zlari uchun qaytadan kashf qilmoqlari lozim", — dedi ishonch bilan muftiy.

Din va jamoat arbobi Krganov O‘zbekistonga amalga oshiriladigan ziyorat turizmi sayyohlarni estetik tomondan boyitibgina qolmay, ularga eng to‘g‘ri mafkuraviy va ma’naviy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tdi.