"O‘zbekiston havo yo‘llari" Nyu-Yorkka parvozlar sonini oshiradi

29 maydan 17-sentabrga qadar Nyu-Yorkka qatnovlar haftasiga uch marta amalga oshiriladi
Sputnik

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 5-apreldan boshlab Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida ikkinchi muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Orzu layneri" Nyu-Yorkka birinchi parvozini muvaffaqiyatli bajardi

Parvozlar payshanba kunlari Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

HY-101 Toshkent 05:45 — Nyu-York 10:00

HY-102 Nyu-York 12:45 — Toshkent 09:25 (+1)

2018 yil 29-maydan 17-sentabrga qadar esa, Nyu-Yorkka qatnovlar haftasiga uch marta amalga oshiriladi. Seshanba kunlari "orzu laynerlari"da quyidagi jadval bo‘yicha bajariladi (mahalliy vaqt):

HY-101 Toshkent 05:45 — Nyu-York 10:00

HY-102 Nyu-York 12:45 — Toshkent 09:25 (+1)

Xabarda aytilishicha, hozirda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Nyu-Yorkka Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida haftasiga bir marta — yakshanba kunlari yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshirmoqda.