Tojikiston mart oyidan O‘zbekistonga elektr yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Avvalroq Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda jurnalistlarga respublika O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishga tayyorligini bildirgandi
Sputnik

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Tojikiston mart oyidan boshlab O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TojikTA xabar berdi.

"Tojikiston mart oyidan O‘zbekistonga yiliga 1,5 milliard kVt/soatdan kam bo‘lmagan miqdorda elektr energiyasi yetkazishni boshlashi mumkin", — deb ma’lum qilgan Tojikiston hukumatidagi manba.

Tojikiston ham O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni mo‘ljallamoqda

Uning aytishicha, hozirda Dushanbe va Toshkent tojik elektr energiyasini o‘zbek bozoriga yetkazish, xususan, narxlar shartlarini muhokama qilmoqda.

Mazkur masala bo‘yicha yakuniy qaror O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyida Tojikistonga amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tashrifi davomida qabul qilinadi.

Avvalroq Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda jurnalistlarga respublika O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishga tayyorligini bildirgandi.

Dushanbe va Toshkent O‘zbekiston bilan chegaradosh Xatlon va So‘g‘d viloyatlaridagi zarar yetgan elektr uzatish liniyalarini tiklashga kelishib olgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston yoz mavsumida qo‘shni respublikalarga 5 milliard kilovatt elektr energiyasi yetkazib berishi mumkin.