"Saakashviling bilan xit qivording": Lyashkoning jonli efirdagi janjali

Jurnalist Gruziyaning sobiq prezidenti haqidagi savolini eslatgach, siyosatchi o‘zini tutib tura olmagan va suhbatdoshiga o‘shqirib bergan
Sputnik

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Ukraina Oliy radasi deputati Oleg Lyashko Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili to‘g‘risidagi savol tufayli "112" telekanalining jonli efirida janjal ko‘tardi.

Xavfsizlik xizmati izolyatoriga tashlangan Saakashvili ochlik e’lon qildi
Boshlovchilardan biri parlament vakilidan bir kun avval sodir bo‘lgan hodisa: Saakashvilining Ukrainadan Polshaga chiqarib yuborilishiga izoh berishni so‘ragan. Ammo Lyashko bu mavzuda gapirishdan bosh tortgan va suhbatni Rossiya-Ukraina munosabatlari tomon burishga harakat qilgan.

Jurnalist Gruziyaning sobiq prezidenti haqidagi savolini eslatgach, siyosatchi o‘zini tutib tura olmagan va suhbatdoshiga o‘shqirib bergan.

"Vladimir, sen o‘zingning Saakashviling bilan meni xit qivording", — deb ta’kidlagan Lyashko ovozini balandlatib.

Shundan so‘ng boshlovchilar siyosatchini tinchlantirishga va o‘zaro hurmatga chaqirishga harakat qilishgan.

Notinch Ukraina - Saakashvili yangi prezident saylovi o‘tkazishga da’vat qilmoqda
"Biz siz bizni xit qivordingiz, demaymiz-ku!" — degan javoban jurnalist qiz.

Bir-birining gapini bo‘lib, suhbatdoshlar va nihoyat aytishuvga nuqta qo‘yishgan, ammo shunday bo‘lsada, jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savolga Lyashkodan javob ololmaganlar.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina hukumati dushanba kuni Saakashvilini Polshaga chiqarib yuborishgan. Gruziyaning sobiq prezidenti o‘tgan yil kuz mavsumida aynan shu davlatdan Ukraina hududiga noqonuniy ravishda kirib kelganligi aytilmoqda. Polsha chegara xizmati Saakashvilining Varshavaga kelganligini rasman tasdiqlagan.