Venesuela qarzlari tufayli vaqtincha BMTdagi ovozidan mahrum qilindi

Joriy yil yanvar oyi oxiri holatiga ko‘ra, qarzdolar ro‘yxatiga Venesueladan tashqari, yana yettita mamlakat kiritilgan
Sputnik

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Venesuela to‘planib qolgan qarzlari tufayli dushanba kuni vaqtinchalik BMT Bosh Assambleyasi doirasida ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti NTN24 kanaliga tayangan holda xabar bermoqda.

BMT binosi ro‘parasida Sharq allomalariga haykal o‘rnatildi
BMT normalariga ko‘ra, mamlakat ovoz berish huquqi u tashkilot budjetiga tegishli badalni kiritmagan taqdirda vaqtincha to‘xtatiladi.

Joriy yil yanvar oyi oxiri holatiga ko‘ra, qarzdolar ro‘yxatiga Venesueladan tashqari, yana yettita mamlakat kiritilgan — bular JAR, Dominika, Ekvatorial Gvineya, Grenada, Liviya, Surinam va Yemen davlatlaridir.

Venesuela bu ro‘yxatga ilk bor kiritilayotgani yo‘q, 2017-yilda u ovoz berish huquqidan mahrum etilgan, ammo shundan so‘ng to‘lovni amalga oshirgan va ushbu chora bekor qilingan edi.