AN-148 halokati joyidan dastlabki video paydo bo‘ldi

Internetda Moskvadan Orskga yo‘l olgan AN-148 yo‘lovchi samolyotining halokat joyidan dastlabki video lavha paydo bo‘ldi
Sputnik

Domodedovo aeroportidan uchib chiqqan AN-148 samolyoti parvozning 7-daqiqasida halokatga uchradi.

Samolyot "Saratovskie avialinii" kompaniyasiga qarashli bo‘lgan. Halokat Moskva viloyati, Ramenskoe tumanidagi Argunovo qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.

Samolyot bortida 71 kishi bo‘lgan: 65 nafar yo‘lovchilar va 6 nafar ekipaj a’zolari.