Moskvadagi aviahalokat: hodisa joyida ikki yuzdan ortiq tana fragmentlari topildi

Saratov, Orenburg va Leningrad viloyatlari rahbarlari halok bo‘lganlarning oilasiga 1 million rubldan mablag‘ ajratishlari aytilmoqda. Moskva meri Sergey Sobanin poytaxt hukumati ushbu fojiada yaqinlari halok bo‘lgan moskvaliklar yaqinlariga yordam berishlari haqida ma’lum qilgan
Sputnik

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Rossiyada An-148 samolyoti halokatga uchragan hududdan hozirga qadar 209 dona tana fragmentlari aniqlandi, deb xabar qildi RIA Novostiga favqulodda hodisa joyida ishlayotgan tezkor shtab vakillaridan biri.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
Eslatib o‘tamiz, Moskva — Orsk yo‘nalishini bajarayotgan "Saratov avialiniyalari" samolyoti bo‘lgan An-148 yakshanba kuni Domodedovadan havo ko‘tarilganidan so‘ng bir necha daqiqa o‘tgan halokatga uchragan. Samolet bortida 65 nafar yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zolari bo‘lishgan. Ularning barchasi halok bo‘lishgan.

Aviakompaniya samolyot uchish oldidan reja asosdagi tekshiruvdan o‘tganligini va soz bo‘lganini ma’lum qildi.

Tashuvchi hozirda barcha —  olti dona An-148 samolyotlari ekspluatatsiyadan olgan va tergov bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Saratov, Orenburg va Leningrad viloyatlari rahbarlari halok bo‘lganlarning oilasiga 1 million rubldan mablag‘ ajratishlari aytilmoqda. Moskva meri Sergey Sobanin poytaxt hukumati ushbu fojiada yaqinlari halok bo‘lgan moskvaliklar yaqinlariga yordam berishlari haqida ma’lum qilgan.

Samolyot halok bo‘lgan hududdan ikkita qora quti qoniqarli holatda topilgan. Hodisa joyida yana bir necha kun tergov organi xodimlari va ekspertlar ishlashi aytilmoqda.