O‘zbekiston "jurnalist" tushunchasiga aniqlik kiritdi

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan holda ommaviy vositalarni tarqatganlar OAV sifatida tan olinmaydi va bundaylar qonuniy javobgarlikka tortiladi
Sputnik

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Oliy Majlis qonunchilik palatasida "Ommaviy axborot vositalari" va "Jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish" qonunlariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlarni muhokama qilish yakunlandi, deb xabar qilingan "Norma" nashrida.

Prezident OAV xodimlariga savol berdi
Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan holda ommaviy vositalarni tarqatganlar OAV sifatida tan olinmaydi va bundaylar qonuniy javobgarlikka tortiladi.

Endilikda "jurnalist" tushunchasiga tuzatishlar kiritildi.

OAVlar bilan mehnat shartnomasiga ega shaxslargina emas, balki ular bilan shartnomas asosida hamkorlik qilayotganlar ham jurnalist deb ataladigan bo‘ldi.

Jurnalistlar tomonidan bajariladigan funksiyalar ham to‘ldirilgan. Endilikda tahrir, tarqatish va OAVlar uchun xabarlarni tayyorlash va ularni tarqatish bilan shug‘ullanadigan shaxslar ham jurnalist hisoblanadi.

OAVlar tomonidan yuborilgan murojaatlarga javob berish muddati 7 kun etib belgilandi.

Shuningdek, jurnalistlar hamjamiyati uchun professional etika qoidalari amal qiladi.

Ta’kidlanashicha, jurnalistlar uchun mo‘ljallangan professional etika qoidalari OAVlarning o‘zi tomonidan aniqlanadi. Etika qoidalariga amal qilmaganlik uchun javobgarlik choralari belgilanmagan. Ushbu hujjat qonunchilik jarayonidagi keyingi bosqichlardan o‘tkazilayotgani qo‘shimcha qilingan.