Ukraina va O‘zbekiston hamkorlikda cho‘chqa yetishtirish bilan shug‘ullanadi

Fevral oyida Ukraina chorvachilik uyushmasi raisi Irina Paramar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Sputnik

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Toshkent va Kiyev hamkorlikda cho‘chqa va qoramol yetishtirish bilan shug‘ullanishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi "Jahon" axborot agentligi.

O‘zbekistonda go‘sht narxi nega ko‘tarilayotganiga iqtisodiyot vazirligi izoh berdi

Fevral oyida Ukraina chorvachilik uyushmasi raisi Irina Paramar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Ukraina delegatsiyasi Qishloq va suv xo‘jaligida "Nasl xizmat" zotdor chorvachilik uyushmasi, Toshkent viloyati hokimi va fermerlik xo‘jalik rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil sentabr oyida Xalq banki respublikadagi chorvachilik rivojlanishi ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlarni e’lon qilgandi. O‘sha vaqtda O‘zbekiston 8,7 milliard so‘mlik 8 ta import shartnomalarni imzolagan edi. Hujjatlarga muvofiq, Fransiya, Germaniya, Rossiya va Chexiyada yetishtirilgan 3,5 ming echki xarid qilish rejalashtirilgan.