O‘zbekiston futzalchilari Osiyo chempionatining yarim finaliga chiqishdi

Yarim finalda o‘zbekistonlik futzalchilar Eron termasiga qarshi maydonga tushishadi
Sputnik

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati chorak finalida O‘zbekiston futzalchilari Vyetnam terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqishdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Davron Choriyevning to‘p uzatishidan keyin Mashrab Odilov hisobni ochdi.

Futzal: O‘zbekiston – Yaponiya 2:4

29 —daqiqada himoyachi va darvozabonning xatosidan so‘ng Davron to‘pni raqiblar ustidan oshirib darvozaga joyladi.

Vyetnamliklar Choriyevning goliga 30 soniya ham o‘tmay javob berishdi.

Va nihoyat 39-daqiqada Ilhomjon Hamroyev bo‘sh qolgan darvozani uzoqdan aniq nishonga oldi — yakuniy hisob 1:3.

Vyetnam — O‘zbekiston 1:3.

Gollar: P.T.Luan 29 — M.Odilov 9, D.Choriyev 29, I.Hamroyev 39.

Ogohlantirish: D.Rahmatov 2.

Yarim finalda o‘zbekistonlik futzalchilar Eron termasiga qarshi maydonga tushishadi.